1

Facebook aksiyalari rekord darajada qimmatlashdi

Hi-tech 24.07.2014, 10:06
Facebook aksiyalari rekord darajada qimmatlashdi

2014 yilning ikkinchi choragi uchun hisobotida AQShning Facebook ijtimoiy tarmog`i aksiya narxlari 5 foizga qimmatlashdi. 

Nyu-Yorkdagi birja savdolari yopilgach, aksiya narxi rekord darajadagi 75,30 AQSh dollariga teng bo`ldi. Bu haqda ITAR-TASS xabar bermoqda.

Chop etilgan hujjatlarga ko`ra, 2013 yilning shu davriga nisbatan kompaniya foydasi ikki barobar oshgan va 791 million AQSh dollarini tashkil etgan.

Hisobot davrida tushgan daromad 61 foizga ko`tarilib, 2,91 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Shuningdek, reklamadan kelgan daromad tushgan mablag`ning 67 foiziga to`g`ri keldi va rekord darajadagi 2,68 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1