1

Beeline abonentlarini spam tarqatilishining yangi vaziyatlari haqida ogohlantirdi

Hi-tech 25.07.2014, 10:18
Beeline abonentlarini spam tarqatilishining yangi vaziyatlari haqida ogohlantirdi

Beeline qayta qo`ng`iroq, SMS-xabar yoki elektron hat olish maqsadida yuborilayotgan va tez takrorlanayotgan SMS-spam holatlari haqida ogohlantirmoqda. Xabar kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida qoldirildi.

Firibgarlarning harakatlari natijasida abonent shaxsiy ma`lumotlarini, pul mablag`larini yo`qotishi, kompyuter yoki mobil moslamasiga zararli dasturni yuklab olishi, shuningdek spam-sahifaga tushib qolishi mumkin. Rasmdagi kabi SMS kelganida ( masalan «Zdravstvuyte, pozvonite mne srochno 002454056520» ), Beeline zinhor firibgarlarga qayta qo`ng`iroq qilmaslikni va javob bermaslikni, shunchaki o`z moslamangizdan uni o`chirib tashlashni tavsiya qildi.                          

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1