Italiyaning “Roma” klubi yarim himoyachisi Seydu Keyta “Real”ga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi boshlanishidan avval qirollik klubi himoyachisi Pepe bilan qo`l berib ko`rishmadi va unga suv idishini otdi.
Uchrashuvdan so`ng Keyta harakatining sabablarini tvitterida yozib qoldirdi.
“2011 yil “Barselona”-“Real” uchrashuvida u meni maymun deb atagandi. Men unga qo`l bermadim, u esa menga tufladi va men unga suv idishini otdim. Qilgan ishim uchun uzr so`rayman”,-deb yozdi “Barselona” sobiq futbolchisi.





