Braziliya shimoli-sharqidagi Maranyan shtatida samolyot qulashi oqibatida 5 kishi qurbon bo`ldi. Bu haqda www.novoteka.ru xabar bermoqda. Shtatdagi Balsas shahrida joylashgan turar-joy binosi ustiga qulab tushgan ikki motorli samolyotda keksa ayolni shoshilinch ravishda shifoxonaga olib ketilayotgan edi.
Hodisa natijasida uchuvchi, bemor ayol, uning ikki qarindoshi va bir yo`lovchi halok bo`lgan. Samoyot qulagan bino ichidagi odamlarga zarar etmagan. Ayni damda voqea tafsilotlari o`rganilmoqda.