“Odnoklassniki” asosiy manzilini o`zgartirdi

Hi-tech 07.08.2014, 14:57
“Odnoklassniki” asosiy manzilini o`zgartirdi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog`i ok.ru manziliga o`tdi. Bu haqda Lenta.ru nashriga ijtimoiy tarmoq matbuot kotibi Ilya Grabovskiy ma`lum qildi.

ok.ru manzili “Odnoklassini”ning asosiy manzili bo`ladi. Shu bilan birga, odnoklassniki.ru manzili ham ishlashda davom etadi. OK yangi manzili ijtimoiy tarmoqning rasmiy brendi bo`ladi.

“Endi “Odnoklassniki” bu – “OK”. Biz bu qisqa va tushunarli manzilni ancha oldin ishlatishni boshlaganmiz. Endi “OK”ni rasman taqdim etamiz”,-deyiladi kompaniya xabarida.

Ijtimoiy tarmoqning  bosh sahifasi ko`rinishi ham o`zgartirilgan.

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog`i  Mail.ru Group loyihasi bo`lib, tarmoqqa kuniga 42 million foydalanuvchi tashrif buyuradi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1