Tatyana Karimova Islom Karimov Fondining chet elda ta`lim olish grantlarining stipendiatlari — Muzaffar Maksumov, Aleksandra Kim, Gulyuzbonu Ro`ziboeva va Stefaniya Abbosovalar bilan O`zbekistonning Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan ko`rgazmada uchrashdi. Bu haqda Islom Karimov fondining Feysbukdagi sahifasi yozmoqda.
O`z so`zlarida Tatyana Akbarovna yoshlarga ilg`or chet el o`quv maskanlaridagi o`qishlarida omad, egallagan bilimlarini Vatanimiz ravnaqi yo`lida qo`llashlarini tiladi.








