1

CLICK orqali kirish imtihonlar natijalarini bilib olish mumkin

Hi-tech 11.08.2014, 12:02
CLICK orqali kirish imtihonlar natijalarini bilib olish mumkin

Davlat Test Markazi bilan erishilgan hamkorlik natijasida bu yil kirish imtihonlarni topshirgan abiturientlar va ularning yaqinlari uchun SLICK tizimida imtihonlarning natijalarini SMS orqali olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda “CLICK” kompaniyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Natijalarni bilib olish uchun USSD-menyusida (*880#) ochilgan “DTM 2014” bo`limiga kirish lozim. Undan so`ng abiturientning raqamini kiritish kerak bo`ladi. Imtihon natijalari Davlat Test Markazidan olingandan keyin avtomatik ravishda SMS orqali yuboriladi.

Xabarda yozilishicha, so`rov qiymati 1500 so`m.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1