AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi

'Shavkat Mirziyoev Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoev Farg`ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig`ilishida berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Havo desantchilar brigadasining jangovar mashg`ulotlarini kuzatdi, harbiylar bilan muloqot qildi.

«Vatanni sevish - ulug` fazilat. Yoshlarimizni ana shunday fazilatli qilib tarbiyalashimiz kerak. Buning uchun siz kabi mag`rur, baquvvat yigitlar namuna bo`lishi zarur. Yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni milliy iftixor, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo`shishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoev.

Havo desantchilari tayyorgarligini oshirib borish uchun aerodinamik trenajyorlar o`rnatish, «Vatanparvar» tashkilotlari qoshida parashyutchilar to`garaklari ochish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari harbiy qismda tashkil etilgan Madaniy hordiq markazi, kutubxonani o`z ichiga olgan Ma`naviyat markazi, autsorsing tizimi joriy etilgan oshxonani kirib ko`rdi.

    Boshqa yangiliklar