AsosiyJamiyat

IIV “Chinni bozor”dagi yong`in to`g`risida rasmiy xabar berdi

Poytaxtimizdagi “Chinni bozor”da yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergandik. Ushbu yong`in yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.

“2014 yilning 12 avgust kuni soat 00:28da Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Best-plyus» OAJ savdo kompleksida (Chinni bozorida) qisqa tutashuv oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Yong`in o`z vaqtida etib kelgan o`t o`chiruvchilar tomonidan tezda o`chirildi. Qurbonlar va jaroxatlanganlar yuq. Yong`in natijasida 20 ga yaqin savdo do`konlari zarar ko`rgan. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda”,-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar