1

Dunyodagi ilk origami robotlari yaratildi

Hi-tech 14.08.2014, 12:47
Dunyodagi ilk origami robotlari yaratildi

Garvard universitetining texnik-amaliy fanlar maktabining bir guruh tadqiqotchilari kichik shakllardagi origami robotlarini yaratdi.

Ushbu robotlar transformer-robotlarni yaratishga tomon ilk qadam bo`lib, o`zi yig`iladi va o`z ko`rinishini o`zgartirish xususiyatiga ega, deya xabar beradi dailytechinfo.org nashri.

Ko`rinishidan oddiy bo`lgan ushbu robotlarni yaratish aslida katta mashaqqatni talab etadi. Chunki ular inson yordamisiz o`z shaklini o`zgartiradi. Aytish lozimki, ushbu origami robotlarini shu ko`rinishga keltirishdan robotning 40 ta namunasini yaratishga to`g`ri keldi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1