1

Google xodimlarining maoshi ma`lum bo`ldi

Hi-tech 19.08.2014, 15:42
Google xodimlarining maoshi ma`lum bo`ldi

Qaysi dasturchi Google kompaniyasi uchun ishlashni istamaydi? Ushbu kompaniya xar yili eng istalgan ish joylar ro`yxatida yuqori pog`onalarda boradi.  Ammo, u erdagi maosh haqida ma`lumotlar ko`p ham e`lon qilinavermaydi.

BusinessInsider jurnali Google kompaniyasidagi eng katta maoshga ega bo`lgan lavozimlar ro`yxatini tuzib chiqdi. Ma`lumotlar anonim manbadan olingani qayd qilib o`tilgan.

Katta dasturchi – ular yiliga o`rtacha 152 985 AQSh dollari miqdorida maosh olishadi.

Olim-tadqiqotchi – Google kompaniyasi ko`p vaqtini boshqaruvchisiz avtomobil yaratishga qaratadi. Ushbu loyiha bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar yiliga 135 785 AQSh dollarida maosh olishadi.

Muhandis-tadqiqotchi –  kompaniyada eng katta maosh oluvchi uchta lavozimdan biridir. O`rtada maosh yiliga 140 039 AQSh dollari.

Mahsulot-menejeri - ular har bir loyihada katta ahamiyatga egalar. Ularning maoshi o`rtacha 138 951 AQSh dollariga teng.

Yangi loyihalarni tadqiqotdan o`tkazuvchi mutaxassislar – o`rtacha maosh 126 916 AQSh dollari.

Saytlar xavfsizligini kuzatuvchi mutaxassis – agarda qidiruv sahifasi qisqa muddatga o`chib qolsa, kompaniya bir necha yuz ming dollari zarar ko`radi. Shu tufayli kompaniya ushbu mutaxassislarga 124 194 AQSh dollari miqdorida maosh to`laydi.   

Sotuv bo`limi muhandislari – o`rtacha yillik maosh 119 603 AQSh dollari.

Dasturchilar – kompaniyaning asosiy ishini bajaruvchi mutaxassislar. O`rtacha maosh 118 994 AQSh dollari.

Mahsulot marketingi bo`yicha menejer – o`rtacha maosh 118 217 AQSh dollari.

UX-tadqiqotchilar - ular foydalanuvchilarning kompaniya mahsulotiga nisbatan bo`lgan fikri, qanday foydalanishlari, kanday munosabatda bo`lishini o`rganishadi. Ularning o`rtacha yillik maoshi 112 536 AQSh dollariga teng.

Tizim administratorlari – o`rtacha maosh 107 534 AQSh dollari.

Foydalanuvchi interfeysi dizaynerlari – o`rtacha maosh 105 474 AQSh dollari.

Biznes-analitiklar – kompaniyaning moliyaviy operasiyalarining bajarilishini nazorat qiladilar.  O`rtacha maosh 104 389 AQSh dollari.

Moliya analitiklari – kompaniyaning har bir mahsuloti qancha foyda keltirishini nazorat qiluvchilarning o`rtacha yillik maoshi 103 244 AQSh dollariga teng.

Ma`lumotlar ombori administratorlari – o`rtacha maosh 100 000 AQSh dollari.

Akkaunt katta menejerlari – o`rtacha maosh 93 237 AQSh dollari.

Stajyor/yosh dasturchilar – ular yiliga 70 000 dan 90 000 AQSh dollarigacha maosh olishadi. Google jahonda stajyorlarga eng katta maosh to`lovchi kompaniyalardan biridir.

Akkaunt menejer – o`rtacha yillik maosh 71 080 AQSh dollari.

AdWords menejeri – o`rtacha 56 400 AQSh dollari.

Kichik menejer - ular kompaniyadagi eng kam maoshni oladilar. O`rtacha yillik maosh 50 200 AQSh dollariga teng.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1