O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyunda “O`zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjat oila institutini takomillashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu jarayonda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning yaqin hamkorligini hamda faol rolini ta`minlash ga qaratilgan.
Quyidagilar O`zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash bo`yicha asosiy yo`nalishlar etib belgilandi:
- oila institutini mustahkamlashning institusional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
- zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo`yicha fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlar olib borish;
- demografik rivojlanishni rag`batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish;
- oilaning tarbiyaviy-ta`lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an`anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma`naviy-axloqiy muhitni yaxshilash;
- oilalarga ta`sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko`rsatishning samarali tizimini yaratish.






