AsosiySport

O`zbekiston MTJ Falastin bilan o`rtoqlik o`yinini o`tkazadi

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi dekabr oyida Falastin terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mazkur o`yin 13 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida bo`lib o`tadi. Ma`lumot o`rnida, dekabr oyida milliy terma jamoa BAAda o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazadi va ushbu yig`in Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun Osiyo kubogi-2015 musobaqasi uchun so`nggi tayyorgarlik vazifasini o`tab beradi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi OK-2015 «B» guruhida Xitoy, Saudiya Arabistoni va KXDR terma jamoalariga qarshi to`p suradi.

    Boshqa yangiliklar