1

Haftalik bashorat: Do`stlar tashrifidan xursand bo`lasiz!

Munajjimlar bashorati 02.07.2018, 10:17
Haftalik bashorat: Do`stlar tashrifidan xursand bo`lasiz!

2—8 iyul, 2018 yil.

Hamal

«Hamal» burji vakillari bu hafta biznes hamkorlari bilan muhim va foydali shartnomalar imzolashadi. Ishda har doimgidek faol bo`lsangiz, munosib mukofotlanasiz.

Haftaning ikkinchi yarmida salomatligingizga jiddiy ahamiyat bering. Biror bezovtalikni sezdingizmi, o`z vaqtida shifokorga murojaat qiling. Shanba va yakshanbada miriqib hordiq chiqaring.

Savr

Bu hafta sizni chalg`ituvchilar ko`p bo`lishi mumkin. Ularga ahamiyat bermay, ishingizda olg`a harakat qilsangiz, albatta, yutasiz. Aks holda muammolarga duch kelishingiz mumkin. Ishda ham, oilada ham asabni avaylang. Haftaning ikkinchi yarmida yaxshigina daromadga ega bo`lasiz. Dam olish kunlari do`stlaringiz bilan tabiat bag`rida sayr qiling.

Javzo

Bu hafta kayfiyatingiz tez-tez o`zgarib turadi. Shu bois ko`ngilochar maskanlarga oilaviy tashrif buyuring. Salomatlik bilan bog`liq muammolarga ham duch kelishingiz mumkin. Biror bezovtalikni sezdingizmi, kechiktirmasdan o`z vaqtida shifokorga murojaat eting. Axir, salomatlik hamma narsadan muhim.

Dam olish kunlari do`stlaringiz tashrifidan xursand bo`lasiz.

Saraton

Bu hafta «saraton»lar uchun unutilmas voqealarga boy bo`ladi. Biznes hamkorlar bilan ko`plab muhim tadbirlarda ishtirok etasiz. Bunday qulay imkoniyatdan unumli foydalanib qoling. Aks holda, moddiy tomonlama hech qanday foyda ko`rmaysiz.

Haftaning ikkinchi yarmida hamkasblaringiz ham yangi taklif va g`oyalaringizni qo`llab-quvvatlashadi. Albatta, bundan xursand bo`lasiz. Yakshanbada mehmonga taklif etilasiz.

Asad

Bu hafta yangi do`stlar orttirasiz. Bu hayotingizda tub burilishlar yasashi mumkin. Moddiy ahvolingiz ham sezilarli darajada yaxshilanadi. Bundan ruhlanib yanada olg`a harakat qilasiz. Va bu sizga ijobiy ta`sir qilishi, shubhasiz. Hafta oxirida ko`pdan beri echimini kutayotgan ishlaringizni hal etasiz.

Sunbula

«Sunbula»lar uchun bu hafta yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi. Natijada, ularning moddiy ahvoli ham sezilarli darajada yaxshilanadi. Biznesda hech ikkilanmay yangi hamkorlik aloqalarini o`rnatavering.

Haftaning ikkinchi yarmida ko`pdan beri rejalashtirgan xaridlaringizni amalga oshirasiz. Hafta so`ngida shifokor qabuliga yozilib qo`ysangiz zarar qilmaydi. Dam olish kunlari yaqinlaringiz tashrifidan boshingiz ko`kka etadi.

Mezon

Bu hafta sizni qo`llab-quvvatlovchilar ko`p bo`ladi. Faqat ularning hammasiga ham ishonavermang. Ishda ham munosib rag`batlantirishadi. Hamkasblaringiz esa sizga havas qilishadi. Ularga minnatdorlik bildirishni unutmang. Shanba — xaridlar uchun qulay kun. Dam olish kunlari yaqinlaringizni yo`qlab, ular holidan xabar oling.

Aqrab

Bu hafta «aqrab»lar yaxshi pul topish imkoniyatiga ega bo`lishadi. O`zingiz xohlagandek xaridlar qilasiz. Faqat ortiqcha xarajatlarga yo`l qo`ymang. Aks holda, moddiy tomonlama muammolar tug`ilishi mumkin. Yaqinlaringiz ham sizni har tomonlama qo`llab-quvvatlaydi. Hafta so`ngida ko`pdan beri ko`rishmagan do`stlaringiz bilan uchrashasiz. Bundan, albatta, xursand bo`lasiz.

Qavs

Ishlaringiz yurishib, moddiy ahvolingizni ancha tiklab olasiz. Biroz qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Bundan hech ham siqilmang. Ozroq sabr qilsangiz barchasi ijobiy yakun topadi.

Hafta so`ngida hamma ishingizni bir chetga surib, bor e`tiborni oilangizga qarating. Farzandlaringiz bilan ko`ngilochar maskanlarga borib, miriqib dam oling.

Jadiy

Hafta boshida sizdan hushyorlik talab etiladi. Aldanib qolishdan ehtiyot bo`lganingiz ma`qul. Haftaning ikkinchi yarmida esa uzoq yillik muammolaringizni hal etish imkoniga ega bo`lasiz. Salomatligingizga ham befarq bo`lmang. Har qanday sharoitdadam olish kunlarini oila davrasida o`tkazing.

Dalv

«Dalv»larga tejamkor bo`lishni maslahat beramiz. Zarur bo`lmasa katta xaridlarni keyingi haftaga qoldirib turing. Yo`l qo`ygan xatolaringizni tuzatib, ulardan tegishli xulosalar chiqarish vaqti keldi.

Hamkasblaringiz bilan biroz ziddiyatga duch kelishingiz mumkin. Buni o`ylab asabingizni buzmang. Hafta so`ngida hammasi ijobiy echim topadi. Dam olish kunlarini do`stlar davrasida o`tkazasiz.

Hut

Har qanday sharoitda ham ko`nglingizga quloq soling.Atrofdagilar sizni chalg`itishi mumkin. Ularningaytganiga ishonib, keyin afsuslanib yurmang.

Sog`ligingizga bee`tibor bo`lmang. Biror bezovtalik sezdingizmi, darrov oldini olish harakat qiling. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqing.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1