15 iyuldan O`zbekistonda E-VISA.UZ elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi joriy etiladi.
Davlatimiz rahbarining 4 iyuldagi chet el fuqarolarining O`zbekiston Respublikasiga kirish tartiblarini yanada takomillashtirish to`g`risidagi qaroriga binoan, joriy yilning 15 iyul kunidan boshlab “E-visa.uz” kirish vizalari(elektron vizalar)ni rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi hayotga tatbiq etiladi. Shu sanadan xorijiy fuqarolar O`zbekistonga kirish vizasini olish uchun diplomatik vakillik yoxud O`zbekistonning chet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilishi shart emas.
15 iyuldan boshlab O`zbekistondagi xalqaro aeroportlar orqali uchinchi tomonga tashrif buyurmoqchi bo`lgan 101ta davlat fuqarolari besh kungacha O`zbekistonda qolishi mumkin. Ushbu sanadan boshlab chet el fuqarolarining O`zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilish majburiyati ham bekor qilinadi.
Chet el fuqarolariga O`zbekistonga kirish uchun elektron vizani rasmiylashtirish va taqdim etish uchun konsullik yig`imi miqdori 20 AQSh dollarini miqdorida belgilandi.
Elektron viza bir martalik kirish bilan 30 kungacha muddatda O`zbekiston hududida bo`lishga berilib, taqdim etilgan vaqtdan 90 kun davomida kuchga ega bo`ladi.
Vizani rasmiylashtirish uchun O`zbekistonga safar qilish belgilangan kunga eng kamida uch ish kuni oldin murojaat qilish lozim. Murojaat topshirilgan kun hisobga olinmagandan ikki ish kunida ko`rib chiqiladi.
Murojaatni ko`rib chiqish uchun to`lov elektron shaklda xalqaro to`lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi bank kartasi egasi bo`lishi shart emas. Taqdim etilgan elektron viza elektron pochta orqali jo`natiladi.
Hujjatda qayd etilgan 101ta davlat esa quyidagilar:
- Avstraliya Ittifoqi
- Avstriya Respublikasi
- Albaniya Respublikasi
- Jazoir
- Antigua va Barbuda
- Argentina Respublikasi
- Bagam orollari
- Barbados
- Bahrayn Qiroligi
- Beliz
- Belgiya Qirolligi
- Andorra Knyazligi
- Bolgariya Respublikasi
- Bosniya va Gersegovina Respublikasi
- Braziliya Federativ Respublikasi
- Bruney-Dorussalom Davlati
- Butan Qirolligi
- Vatikan
- Birlashgan Buyuk Britaniya Qirolligi Shimoliy Irlandiya
- Vengriya
- Venesuela Respublikasi
- Vetnam Sosialistik Respublikasi
- Gabon Respublikasi
- Gayana Kooperativ Respublikasi
- Gvatemala Respublikasi
- Germaniya Federativ Respublikasi
- Gonduras Respublikasi
- Grenada
- Gresiya Respublikasi
- Daniya Qirolligi
- Dominika
- Dominikan Respublikasi
- Hindiston Respublikasi
- Irlandiya
- Islandiya
- Ispaniya Qirolligi
- Italiya Respublikasi
- Kanada
- Qatar Davlati
- Kipr Respublikasi
- Xitoy Xalq Respublikasi, XXRning Gongkong maxsus ma`muriy tumani bilan birgalikda
- Kolumbiya Respublikasi
- Kosta-Rika Respublikasi
- Quvayt Davlati
- Latviya Respublikasi
- Livan Respublikasi
- Litva Respublikasi
- Lixtenshteyn Knyazligi
- Lyuksemburg Buyuk Gersogligi
- Mavrikiya Respublikasi
- Makedoniya Respublikasi
- Maldiv Respublikasi
- Malta Respublikasi
- Marokash Qirolligi
- Meksika
- Monako Knyazligi
- Mo`g`uliston
- Nauru Respublikasi
- Niderlandiya Qirolligi
- Yangi Zelandiya
- Norvegiya Qirolligi
- Birlashgan Arab Amirliklari
- Ummon Saltanati
- Palau Respublikasi
- Panama Respublikasi
- Peru Respublikasi
- Polsha Respublikasi
- Portugaliya Respublikasi
- Ruminiya
- San-Marino Respublikasi
- Saudiya Arabistoni Qirolligi
- Seyshel Orollari
- Sent-Vinsent va Grenadina
- Sent-Kits va Nevis
- Sent-Lyusiya
- Serbiya Respublikasi
- Slovakiya Respublikasi
- Sloveniya Respublikasi
- Amerika Qo`shma Shtatlari
- Surinam Respublikasi
- Tayland Qirolligi
- Trinidad va Tobago Respublikasi
- Tunis Respublikasi
- Turkmaniston
- Urugvay
- Fiji Respublikasi
- Filippin Respublikasi
- Finlyandiya Respublikasi
- Fransiya Respublikasi
- Xorvatiya Respublikasi
- Chernogoriya
- Chexiya Respublikasi
- Chili Respublikasi
- Shveysariya Konfederasiyasi
- Shvesiya Qirolligi
- Shri-Lanka
- Ekvador Respublikasi
- Ekvatorial Gvineya Respublikasi
- Estoniya Respublikasi
- Janubiy Afrika Respublikasi
- Yamayka






