AsosiyDunyo

Malayziyaning sobiq Bosh vaziri 247 ming dollar evaziga ozodlikka chiqdi

'Malayziyaning sobiq Bosh vaziri 247 ming dollar evaziga ozodlikka chiqdi'ning rasmi

Malayziyaning sobiq bosh vaziri Najib Razzoq bundan bir necha kun avval bir qator ayblovlar bilan hibsga olingan edi. U 247 ming dollar miqdorida garov puli evaziga ozodlikka chiqdi, deya xabar berdi Vesti nashri.

Najib Razzoq 3 iyul kuni o`z lavozimini suiiste`mol qilish va yana 3 ta jinoiy ish bo`yicha ayblanib, o`z uyida hibsga olingan edi. Kuala-Lumpur sudi tomonidan ayblov e`lon qilingach, sobiq bosh vazir Najib Razzoq o`zining aybsiz ekanligini va buni sud jarayonida isbotlashini aytgan. U sudning barcha majlislariga shaxsan kelish majburiyatini oldi. Uning hibsga olinishi bir necha haftadan buyon kutilayotgan edi.

May oyi oxirida Najib Razzoq oilasiga tegishli uylarda tintuv o`tkazilgan bo`lib, tintuv davomida 28,6 million dollar naqd pul, umumiy qiymati 109 million dollardan ortiq zargarlik buyumlari va charmdan tayyorlangan dizaynerlik mahsulotlari musodara qilingan. Shuningdek, Najib Razzoqning hisob raqamiga davlat va xususiy korxonalar hisob raqamlari orqali yirik miqdorda pul mablag`lari o`tkazilganligi aniqlangan. Najib Razzoqning ayblovlari o`z tasdig`ini topsa, uning har bir jinoyati uchun 20 yildan qamoq jazosi beriladi. “UMNO” partiyasi a`zolari o`z sobiq rahbarlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida ko`chalarda turli namoyishlar o`tkazishgan.


    Boshqa yangiliklar