AsosiyDunyo

Xitoyda suv toshqinlari va yog`ingarchilik davom etmoqda

'Xitoyda suv toshqinlari va yog`ingarchilik davom etmoqda'ning rasmi

Mana, bir necha kundan buyon Xitoy kuchli suv toshqinlari va yog`ingarchilik ostida qolmoqda, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Xitoyning aksariyat hududlarida hukm surayotgan yomon ob-havo insonlar hayotiga xavf solishi bilan birga mamlakat iqtisodiga ham katta miqdorda zarar etkazmoqda. Chjeszyan provinsiyasida ikki kun davomida tinimsiz yoqqan yomg`ir tufayli suv sathi 50sm.ga ko`tarilgan. Buning oqibatida suv yo`llar va do`konlarni yuvib ketgan. Shuningdek, provinsiyada 500 dan ortiq sayyohlar toshqinda qolib ketgan. Qutqaruvchilar olib borgan tezkor operasiya natijasida ular evakuvasiya qilingan. Dongxia tumanida tog`dan oqib tushayotgan toshli suv o`nlab uylarni harobaga aylantirdi.

Shanxayda ham vaziyat jiddiy bo`lib, bu erda xavfning sariq darajasi e`lon qilindi. Milliy meteorologiya markazi vaziyat kelasi haftada ham o`zgarmasligini hamda Xebi, Jiangsu, Xenan provinsiyalarida ham toshqinlar sodir bo`lishi mumkinligin xabar qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar