«O`zbekkino» MA buyurtmasi bilan rejissyor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbaev tomonidan suratga olinayotgan «101-reys» filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari nihoyasiga etdi...
Film prodyuseri Ravshan Norbaev «101-reys» filmida asosiy rollarni ijro etadigan aktyor va aktrisalarning fotolarini taqdim etdi.
Ma`lumot uchun, «101-reys» badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo`lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo`lovchi bo`lgan «O`zbekiston havo yo`llari» aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko`rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.
Film postanovkachi rejissyor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norbaev hamda Erkin A`zam badiiy rahbarligida suratga olinmoqda.
«101-reys» filmi matbuot xizmati