1

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki mobil ilovani ishga tushirdi

Hi-tech 04.09.2014, 12:00
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki mobil ilovani ishga tushirdi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki haqdagi ma`lumotlarni omma e`tiboriga kengroq havola etish maqsadida bank “Central Bank of Uzbekistan” mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilova Android platformasidagi barcha uyali aloqa vositalari uchun mo`ljallangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti cbu.uz xabar beradi.

Ilova yordamida Markaziy bank faoliyati, O`zbekiston kredit tashkilotilari ro`yxati, banknota va tangalarning namunalari hamda valyuta kurslari bilan tanishish mumkin bo`ladi.

Ushbu ilova o`zbek mobil ilovalarini ishlab chiquvchi Global Solutions kompaniyasi tomonidan yaratildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1