«Super kelinchak» filmi orqali o`zbek kino san`atiga kirib kelgan va birgina roli bilan mashhurlikka erishgan aktrisa Diana Yagofarova «The Mag» jurnaliga intervyu berdi.
Suhbat davomida aktrisa aynan muvaffaqiyatga erishgan pallada yaqin insoni — turmush o`rtog`i Murod Yunusxo`jaevni uchratganini aytdi. Va hozirda aktrisaning ikkita shirindan-shakar ikki farzandi bor. Katta o`g`lining ismi Temur, kenjasining ismi esa Amirsaid.
Shuningdek aktrisa bir sirni oshkor etdi. U juda ham ijodni sog`ingani va shu yili katta ekranga qaytishi haqida aytdi.