AsosiyJamiyat

Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida xudosizlik targ`ib qilingan(mi?)

'Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida xudosizlik targ`ib qilingan(mi?)'ning rasmi

O`zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Odamiylik mulki” asarida yozuvchi Abdulla Qahhorning “Bemor” nomli hikoyasida Xudosizlik targ`ib qilingan degan fikrni aytgan, deb yozmoqda O`zA.

Muallif bu borada fikrlarini bildirdi:

– Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida nihoyatda mahoratli. Abdulla Qodiriy so`zga qanday nuktadon bo`lgan bo`lsalar, Qahhorda ham bu sifat kuchli va u aytmoqchi bo`lgan fikrlarini ochiq-oshkor bildirmagan. Masalan, siz aytayotgan “Bemor” hikoyasini olsak, unda bir ayol og`ir kasal bo`lib yotibdi. Kinnachilar, mullalar dam solib yotishibdi. Shunda bemor ayolning bolasiga qarata: “Sen Xudodan o`tinib so`ra, yosh bolaning duosi qabul”, deyishadi. Bola: “Xudoyo ayamni daydiga davo ber”, deyapti, bola uxlab qolgan vaqt onasini joni uzildi. Bolani ko`tarib olayotgan vaqtda ham uyqusirab: “Xudoyo ayamni daydiga davo ber”, deydi. Hikoya shu bilan nihoyasiga etadi. Bu bilan yozuvchi nima demoqchi? "Xudo yo`q, bo`lsa, bir bedavoning dardiga nega shifo berolmadi", degan iddaodami?! Bu burungi zamon dinsizlarining hikoyasi – buni bugungi kunda nashr qilishda qayta elakdan o`tkazish kerak.

– Vaholanki, hikoya maktab adabiyot darsligiga kiritilgan.

– Hozir ham o`shandagi nodonliklar uchrab turadi. Keyinchalik vaqt hammasini izmiga soladi, albatta. Abdulla Qahhorning “Shohi so`zana”, “Sarob”, “Sinchalak”, “Qo`shchinor chiroqlari” kabi asarlari ham partiyaning chaqirig`iga javob tarzida yozilgan. Bularni qayta nashr qilish masalasida shoshmasdan ish tutish lozim. Ammo filologik nuqtai nazardan talabalar Abdulla Qahhor adabiy mahoratini, yosh yozuvchilar tili va uslubini o`rganishi kerak.

    Boshqa yangiliklar