1

O`zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda

Siyosat 17.08.2018, 17:40
O`zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda

O`zbekiston va Tojikiston birgalikda GES qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ishtirokida jurnalistlar uchun tashkil qilingan brifing vaqtida ma`lum qilindi.

Unda ta`kidlanishicha, Zarafshon daryosining Tojikiston hududidagi qismida 320 megavattdan ortiq quvvatga ega bo`lgan gidro elektr stansiyalar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Bu ob`ektlar ikki davlat kompaniyalari tomonidan qurilishi mumkin.

Tojikiston Prezidenti O`zbekiston Prezidentiga bu borada xalqaro tashkilotlar auditidan o`tgan tayyor loyihalar mavjudligi haqida ma`lumot bergan.

Prezidentning ta`kidlashicha, O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi hukumatlararo komissiya ushbu masalani ko`rib chiqadi.

Imomali Rahmonning qayd etishicha, O`zbekiston va Tojikiston ushbu stansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini o`z iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ishlatadi.

Shuningdek, O`zbekiston Tojikistonning Sarez ko`li ichimlik suvidan birgalikda foydalanishi mumkin.

«Men ko`p minbarlarda, xalqaro davralarda, xususan BMTda ham ko`p bor ta`kidlaganman: «Biz hech qachon qo`shnilarimizni suvsiz qoldirmaymiz». Aksincha, bugungi muzokaralar davomida qo`shnilarimizni ichimlik suvi bilan ta`minlash maqsadida 17 km³ hajmdagi Sarez ko`lining suvlaridan hamkorlikda foydalanish masalasini ko`rib chiqish bo`yicha topshiriqlar berdim», degan Imomali Rahmon.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1