1

Bosh vazir raisligida videoselektor majlisi bo`lib o`tdi

Siyosat 20.08.2018, 20:23
Bosh vazir raisligida videoselektor majlisi bo`lib o`tdi

Bugun 20 avgust kuni Vazirlar Mahkamasida Qurbon hayitini munosib nishonlash masalasiga bag`ishlangan selektor majlisi bo`lib o`tdi. Majlisni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov olib bordi.

Majlisda xalqimizning ma`naviy hayotida alohida o`rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g`oyalarini yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz Qurbon hayitini keng bayram sifatida nishonlash bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqildi.

Qurbon hayitini joylarda ko`tarinki ruhda, tartibli va xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o`tkazish, hayit namozi o`qiladigan barcha masjidlarda fuqarolarning ibodat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish, erta tongdan jamoat transport qatnovini tashkil etish, masjidlar atrofida avtomobillar vaqtincha turar joylarni hozirlash yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko`rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, har bir tuman, mahalla, ovul va qishloqlardagi yordamga muhtoj nogironlar, yolg`iz keksalar, boquvchisini yo`qotgan fuqarolar, kam ta`minlangan oilalarga hamda “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylariga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, bozorlarda savdo xizmatini yuqori saviyada tashkil etish, istirohat bog`lari, odamlar gavjum bo`ladigan joylarda aholi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish lozimligi ta`kidlandi.

Selektor majlisida Hukumat a`zolari, viloyat hokimlari, tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda mas`ul xodimlari ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1