1

O`zbekiston delegasiyasi Fransiya Senati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama etdi

Siyosat 23.08.2018, 09:33
O`zbekiston delegasiyasi Fransiya Senati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama etdi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Fransiyadagi O`zbekiston elchixonasida Fransiya Senati raisining diplomatik maslahatchisi Yuber de Kanson bilan uchrashishdi.

Parlamentarizm sohasida Fransiyaning boy tajribasini inobatga olib, ikki mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organlari o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi.

Qonunchilik palatasi huzurida yaqinda tarkibi yangilangan «O`zbekiston-Fransiya» do`stlik guruhi ish olib borayotgan bo`lsa, fransuz Senati va Oliy Majlis Senati o`rtasida parlamentlararo guruh hamkorlikda faoliyat ko`rsatmoqda. O`z navbatida, O`zbekiston parlamenti bilan hamkorlikni samarali olib borish maqsadida Fransiya Respublikasi parlamenti palatalarida ham parlamentar hamkorlik guruhlari tashkil etilgan.

Uchrashuv yakunida ikki tomon ham hamkorlikni rivojlantirish va parlamentlararo munosabatlarni chuqurlashtirishga qiziqish bildirishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1