1

O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari muloqot qildi

Siyosat 24.08.2018, 10:12
O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari muloqot qildi

2018 yil 24 avgust kuni Turkmanboshi shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbarini Turkmanistonga tashrifi bilan qutlab, Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasining ta`sischi mamlakatlari sammiti ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta`kidladi.

Shavkat Mirziyoev Turkmanistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasiga raisligini yuqori baholab, O`zbekiston bilan Turkmanistonning bu boradagi loyihalari va tashabbuslari bir-birini to`ldirishini qayd etdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Turkmaniston Prezidentining joriy yil aprel oyidagi O`zbekistonga davlat tashrifi ko`p qirrali aloqalarga yangi sur`at baxsh etib, uni amaliy mazmun bilan boyitgani ta`kidlandi.

Muloqotda avval erishilgan kelishuvlar ijrosiga e`tibor qaratildi. O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, sanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1