1

Shavkat Mirziyoev: Umumiy kelajagimiz – o`zimizning qo`limizda

Siyosat 24.08.2018, 15:45
Shavkat Mirziyoev: Umumiy kelajagimiz – o`zimizning qo`limizda

Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi ta`sischi davlatlari rahbarlarining keng doiradagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog`iston, Qirg`iziston delegasiyalari a`zolari, Jamg`arma boshqaruvi vakillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so`zladi.

“Qariyb o`n yillik tanaffusdan so`ng o`tayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi ta`sischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta sur`at bag`ishlaydi. Biz bu boradagi o`zaro hamkorlikka qat`iy tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Orol dengizi qurishining oqibatlari tobora chuqurlashayotgani, Orolbo`yi atrofidagi hududlar cho`llanishi davom etayotgani ta`kidlandi. Suv resurslari tanqisligi, er degradasiyasi, bioxilma-xillikning kamayishi va boshqa jiddiy iqlim o`zgarishlari kuzatilayotganiga e`tibor qaratildi.

“Shu bois bugungi uchrashuvimiz juda muhim. Ushbu halokat oqibatlarini engib o`tish va Orolbo`yida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mamlakatlarimiz manfaatlarini hisobga olgan holda suv va ekologiya bilan bog`liq muammolarni hal etish uchun sa`y-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur.

Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi bu boradagi yagona mintaqaviy tashkilotdir. U mamlakatlarimiz hamkorligining ta`sirchan mexanizmiga aylanishi mumkin.

Ishonamanki, tashkilot doirasida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari o`rtasida muvozanatga erisha olamiz. Zero, umumiy kelajagimiz – o`zimizning qo`limizda”, deya ta`kidladi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi faoliyatini takomillashtirish, hududga innovasion echimlar va xorijiy investisiyalarni jalb etish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar bo`yicha muhim takliflarni ilgari surdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1