1

O`zbekiston ilgari surgan taklif va loyihalar ta`sischi davlatlar tomonidan qo`llab-quvvatlandi

Siyosat 24.08.2018, 15:59
O`zbekiston ilgari surgan taklif va loyihalar ta`sischi davlatlar tomonidan qo`llab-quvvatlandi

Turkmanboshi shahrida bo`lib o`tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi ta`sischi davlatlari rahbarlari majlisi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing bo`ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orolbo`yidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, suv va ekologiya bilan bog`liq muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olinganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoev Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon to`planib qolgan savollar ochiq va konstruktiv muhokama qilinganini, endi qog`ozdan amaliy ishga o`tilishini ta`kidladi.

O`zbekiston ilgari surgan taklif va loyihalar ta`sischi davlatlar tomonidan qo`llab-quvvatlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1