1

Shavkat Mirziyoev oktyabr oyida Fransiyaga boradi

Siyosat 25.08.2018, 19:30
Shavkat Mirziyoev oktyabr oyida Fransiyaga boradi

Fransiyaga oliy darajadagi tashrif davomidagi madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Joriy yilning oktyabr oyida O`zbekiston Respublikasining Prezidenti oliy darajadagi tashrif bilan Fransiyaga boradi.

Shu munosabat bilan qarorga muvofiq oliy darajadagi tashrifning madaniy-gumanitar qismiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

Tashrifning ushbu qismiga tayyorgarlik doirasida Madaniyat vazirligiga, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolari o`tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo`li bilan tovarlarni etkazib beruvchilar, ishlarni bajaruvchilar va xizmatlarni ko`rsatuvchilar bilan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Qarorga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzurida Fransiya madaniyat markazi tashkil etildi.

Markaz xarajatlarini moliyalashtirish Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi tomonidan amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1