1

Prezident Administrasiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlandi

Siyosat 28.08.2018, 14:29
Prezident Administrasiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi. Farmon matni «O`zA»da e`lon qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasini tashkil etish to`g`risida»gi Farmoniga muvofiq hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlanishi munosabati bilan:

  1. Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Ijro etuvchi apparati rahbari lavozimidan ozod etildi.
  2. Sultanov Xayritdin Madriddinovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Ommaviy axborot vositalari, ma`naviyat va ma`rifat, madaniyat, san`at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari bo`yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  3. Ismailov Umar Sapaevich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi – Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.
  4. Inoyatov Rustam Rasulevich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta`minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta`minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  5. Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentiniig fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  6. Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo`yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  7. Kasimov Rustam Sabirovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchisi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlariga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo`yicha davlat maslahatchisi – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimidan ozod etildi.
  8. Xaydarov Zilemxan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Moliya-xo`jalik departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqaruvchisi lavozimidan ozod etildi.
  9. Magrupov Aziz Yuldashevich O`zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbarining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  10. Mavlonov Bekzot Mardonovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta`minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekistan Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta`minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha davlat maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  11. Muxammadiev Ulugbek Islomovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha davlat maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  12. Kuranbaev Kaxramon Kuchkarovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalalari buyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
  13. Paygamov Alisherbek Azizovich O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari o`rinbosari – tashqi aloqalar masalalari xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.
  14. Allamjonov Komil Ismoilovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Administrasiyasi rahbari o`rinbosari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati rahbari o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  15. Saidova Galina Karimovna O`zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo`yicha maslahatchisining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari o`rinbosari – ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.
  16. Ganiev Elyar Majidovich O`zbekistan Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati tizimli muammolarni tahlil qilish va O`zbekiston Respublikasining ikki tomonlama va ko`p tomonlama hamkorligi ustuvor yo`nalishlarini ishlab chiqish sho``basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
  17. Rustambekov Nozimbek Mansurbekovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta`minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta`minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha davlat maslahatchisining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  18. Olloyorov Mansurbek Polvonzoda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta`minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Islohotlarni huquqiy ta`minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati iqtisodiyot sohasida islohotlarni ekspert-huquqiy ta`minlash sho``basi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.
  19. Usmanov Alisher Ataxanovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha davlat maslahatchisining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  20. Daminov Askarali Davlatovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo`yicha davlat maslahatchisining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.
  21. Saliev Olim Adilovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo`yicha davlat maslahatchisining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1