1

Donald Tramp Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

Siyosat 29.08.2018, 06:23
Donald Tramp  Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev

Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizni va O`zbekiston xalqini katta mamnuniyat ila Mustaqillik kuni bilan tabriklayman. Amerika Qo`shma Shtatlari mamlakatingiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining qat`iy tarafdori bo`lib qoladi va biz mamlakatingiz mustaqilligining 27 yilligini erkin va jadal rivojlanayotgan davlat sifatida nishonlayotganingizdan xursandmiz.

O`tgan 27 yil mobaynida bizning munosabatlarimiz izchil rivojlandi va shu yil may oyida Sizning Oq uyga tarixiy tashrifingiz uning yuksak bosqichi bo`ldi. Men Siz bilan uchrashganimdan, mintaqadagi umumiy tahdidlarni hal qilish uchun strategik sherikligimizga yangi sur`at baxsh etish imkoniyatidan mamnun bo`ldim. Shuningdek, Sizni siyosat, iqtisodiyot va inson huquqlari sohalarida amalga oshirayotgan, O`zbekiston xalqining ravnaqi va farovonligi hamda tinch taraqqiyot orqali gullab-yashnashi uchun mustahkam poydevor bo`lib xizmat qiladigan keng ko`lamli islohotlaringiz bilan qutlayman.

1 sentyabr ayyomida biz sheriklikda o`tgan yillarimizga minnatdorlik bilan nazar tashlaymiz hamda istiqbolda yuzaga keladigan yangi imkoniyatlarni orziqib kutamiz. Amerika xalqi nomidan demokratik O`zbekistonning barqaror gullab-yashnashi yo`lida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, deb Amerika Qo`shma Shtatlarining bu boradagi samimiy tilaklarini bildiraman.

Hurmat bilan,

Donald J.Tramp,
Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1