1

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

Siyosat 29.08.2018, 06:59
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev

Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati va xalqi nomidan, shaxsan o`z nomimdan Sizni va do`st O`zbekiston xalqini O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklash va eng ezgu tilaklarni bildirishga ijozat bergaysiz.

Sizning rahbarligingizda O`zbekistonda barqaror siyosiy muhit kuzatilmoqda, barcha yo`nalishlarda jadal islohotlar amalga oshirilmoqda, iqtisodiy rivojlanish sur`atlari tobora ortib bormoqda, buning natijasida xalqning hayot darajasi muttasil oshmoqda, davlat qurilishi sohasida muvaffaqiyatlar qo`lga kiritilib, mamlakatning jahon miqyosidagi obro`-e`tibori yuksalmoqda. O`zbekistonning yaxshi qo`shnisi, ishonchli hamkori va yaqin do`sti sifatida Xitoy tomoni bularning barchasidan g`oyat mamnun bo`lmoqda.

Men Xitoy-O`zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e`tibor qaratib kelmoqdaman, Siz bilan o`rtamizdagi samimiy ishchan munosabat va do`stlikni yuksak qadrlayman. Shanxay hamkorlik tashkilotining yaqinda Sindao shahrida bo`lib o`tgan sammiti doirasida biz samarali uchrashuv o`tkazdik, qator muhim kelishuvlarga erishdik, ularning barchasi Xitoy va O`zbekiston munosabatlari rivojiga yangi harakatlantiruvchi kuch bag`ishladi. Xitoy-O`zbekiston o`rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini ikkala mamlakat xalqlari ravnaqi va farovonligi yo`lida rivojlantirishda yangi natijalarga erishish uchun Siz bilan birgalikda sa`y-harakatlarimizni safarbar etishga tayyorman.

Do`st O`zbekistonga taraqqiyot va kuch-qudrat, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Si Szinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1