1

Bayram arafasida Prezident farmoni bilan bir qator yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar

Siyosat 29.08.2018, 09:27
Bayram arafasida Prezident farmoni bilan bir qator yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma etti yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risidagi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va ma`naviyatini yuksaltirish ishiga qo`shgan munosib hissasi, yorqin iste`dodi va serqirra ijodi, ilmiy faoliyati, samarali xizmatlari, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida sog`lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berildi:

“O`zbekiston Respublikasi fan arbobi”

Yo`ldoshev Behzod Sodiqovich - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

“O`zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

Tog`aev Baxshikul Karimovich - Qumqo`rg`on tumanidagi “Surxon tongi” ashula va raqs badiiy havaskorlik jamoasi baxshisi, Surxondaryo viloyati

“O`zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”

Abduraxmanov Orazbay - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, yozuvchi

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist”

Ruzieva Anor Rayimovna - Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri vokal artisti

Xabibov Ne`matulla Maxaramovich - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Xalknazarova Lizaxan Utepbergenovna - Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi”

Abduraximov Axmad Mamadjanovich - Toshloq tumanidagi 22-bolalar musiqa va san`at maktabining an`anaviy xonandalik sinfi o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Inoyatov Raxmatullo - Buxoro san`at kolleji an`anaviy xonandalik bo`limi o`qituvchisi

Muminova Lola Raximovna - Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktorining ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari

Orzieva Dilbar Adizovna - Navoiy shahridagi Mehribonlik uyi direktori

Raximov Eshturdi - Mehnat faxriysi, “Nuroniy” jamg`armasining Nurobod tumani Kengashi a`zosi, Samarqand viloyati

"O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sportchi"

Efremov Ivan Vladimirovich - Og`ir atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma`naviyatini yuksaltirish, ta`lim, madaniyat, adabiyot, san`at, sog`liqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo`shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko`p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdullaeva Nasiba Melikovna - “O`zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Ahmedov Yoqub - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Baymuradov Elmurod Dilmurodovich - Shahrisabz shahridagi “Baxtli bolalik” namunali bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

Jo`raev Sherali - “O`zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Zakirov Farrux Karimovich - “Yalla” ansambli badiiy rahbari

Otajonov Ortiq - O`zbekiston xalq artisti

Sagdiev Yodgar Xabibovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Usmonova Yulduz Ibragimovna - “O`zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Aleushieva Jgagul Smailovna - Shumanay tumani 57-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi ginekolog shifokori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Axmedova Zaxro Raxmatovna - O`zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti laboratoriyasi mudiri

Djalalov Boxodir Fazletdinovich - O`zbekiston Badiiy akademiyasi a`zosi, rassom

Jalilov Ismoil To`laganovich - O`zbekiston Milliy simfonik orkestri badiiy rahbari

Kamalov Telman Tolyaganovich - Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qandli diabetning yiringli asoratlari bo`limi mudiri

Kamilova Xalida Xafizovna - Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti o`quv ishlari bo`yicha prorektori

Kurbanov Raxmatjon Xudarganovich - Urganch shahar 2-bolalar musiqa va san`at maktabi direktori, Xorazm viloyati

Lutpullaev Xayrulla - O`zbekiston xalq artisti

Muminova Zulfiya Mardanovna - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira

Rashidov Tursunbay - O`zbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi

Sabirov Leonard - Samarqand davlat universitetining nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi professori

Tojiboev Maxmudjon Gozievich - O`zbekiston davlat konservatoriyasining an`anaviy ijrochilik kafedrasi professori

Xalilova Mavluda Boltaevna (Matluba Dadaboeva) - O`zbek milliy maqom san`ati markazi katta ilmiy xodimi

Yuldashev Akmal Akramovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg`ona viloyati filiali direktori

I darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan

Varisova Maksuda Azizovna - Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining 19-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati

II darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan

Abdujapparov Sulayman Baxreddinovich - Jizzax viloyati onkologiya dispanseri bosh shifokori

Baxronov O`tkir Shodievich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy viloyati filiali kardiologiya bo`limi shifokori

Boydedaev Toxir Raximjonovich - Namangan shahar 1-sonli shifoxona bosh shifokori

Dadamuxamedova Shaxida Mubashirovna - Buxoro viloyat ko`z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori

Djuraev Mirjalol - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali direktori

Nazarov Nutfullo - G`ijduvon tumani tibbiyot birlashmasi 68-qishloq oilaviy poliklinikasi shifokor-terapevti, Buxoro viloyati

Qosimova Feruza Abduvalievna - Mirzaobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Navro`z” qishloq vrachlik punkti mudiri, Sirdaryo viloyati

Qurbonov Sherali Shaymatovich - Denov tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo`limi mudiri, Surxondaryo viloyati

“Do`stlik” ordeni bilan

Asretdinov Xasanboy Yuldashevich - Norin tumani madaniyat bo`limi mudiri – madaniyat va aholi dam olish markazi direktori, Namangan viloyati

Axmedov Murod Erkinovich - Navoiy viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori

Ahmedova Zarina Ahmedovna - O`zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi “Navro`z” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

Baltaniyazov Sarsenbay Aytmuratovich - O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Nukus filiali rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi dosenti

Berdmurodov Amridin Ergashovich - O`zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori

Varlamova Natalya Gennadevna - O`zbekiston orkestrlari birlashmasi Milliy simfonik orkestri artisti

Gafurov Sattarjon - Namangan viloyati tojik milliy madaniy markazi raisi

Djurabaeva Charosoy Xosiljanovna - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri Yoshlar baleti (“Tumor” raqs ansambli) badiiy rahbari

Dolimov Ulug`bek - Mehnat faxriysi, adabiyotshunos olim

Ivanov Sergey Vikentevich - “Usto” uyushmasi a`zosi, usta kulol

Karimbaeva Nigora Abduraxmanovna - O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti o`qituvchisi, kinoaktyor

Kerimov Fikrat Azizovich - O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori

Kurbonov Xasan Ismatovich - Kitob tumanidagi “Kitob gullari” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati

Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich -O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus tili va adabiyoti kafedrasi professori

Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich - O`zbekiston Fanlar akademiyasi O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Musaeva Firuza Yusupovna - “Farhod” madaniyat saroyi “Baxtli bolalik” xalq raqs ansambli baletmeysteri, Navoiy viloyati

Muxitdinova Larisa Asamovna -V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyi direktori o`rinbosari, fortepiano bo`limi o`qituvchisi

Nazarova Zulfiya Sheralievna - Jizzax viloyati perinatal markazi reanimasiya va anesteziologiya bo`limi katta hamshirasi

Nazarova Salima Kayumovna - Qoraqalpog`iston Respublikasi endokrinologiya dispanseri bosh shifokori

Razakov Nabi - Amerika Qo`shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi “Star layt” studiyasi rejissyori

Saidov Farxod Djuraevich -Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Madaniyat va ma`rifat markazi xonandasi

Saitova Erkinoy - Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi o`qituvchisi

Toksanbaeva Gulbaxar Orazbaevna - Mo`ynoq tuman madaniyat va aholi dam olish markazi direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

To`raev Halim - Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi professori

Tursunov Sanjar Shokirjon o`g`li - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Tursunova Xurshidaxon Atabaevna - O`zbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik va cholg`ulashtirish kafedrasi dosenti

Usmanov Farid - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir

Usmanova Dilbar Saidmaxmudovna - Qibray tumanidagi “Farhod - madad shifo” xususiy klinikasi endokrinologiya bo`limining oliy toifali shifokor-endokrinologi va klinika menejeri, Toshkent viloyati

Chernisheva Anastasiya Igorevna - Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi bo`lim mudiri

Sheralieva Tatyana Turgunovna - Farg`ona viloyati madaniyat va aholi dam olish markazi direktori

Yusupov Djalil Djo`rabaevich - O`zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bosh muhandisi

Mamlakatimizda ijtimoiy va ma`naviy-ma`rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo`shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:

“Shuhrat” medali bilan

Abduraxmanov Kamil Fazilovich - Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining onkologiya kafedrasi dosenti

Azlarov Akmal Akramovich - “Hunarmand” uyushmasi a`zosi, yog`och-o`ymakor usta

Annazarov Jasvantbek Baxramovich - O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zosi, haykaltarosh

Babanazarov Baxodir Babajanovich - O`zbekiston Badiiy akademiyasi Sirdaryo viloyat ixtisoslashtirilgan san`at maktab-internati direktori

Berdimbetova Gulaim Esenovna - Respublika markaziy ko`zi ojizlar kutubxonasi direktori o`rinbosari

Boltaev Farxod Nazarovich – Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri rejissyori

Daminov Irgash Inoyatovich - Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bo`lim boshlig`i

Kan Vitaliy Sergeevich - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi katta o`qituvchisi

Kattaeva Fotima Boltaevna - Qarshi shahridagi "Muruvvat" nogiron bolalar internat uyi enagasi

Mirzaeva Zebo Boymanovna - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira

Mustafokulov Samariddin Istatpulotovich - Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi direktori

Nurmatov Xabibulla Isanbaevich - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyining o`zbek xalq cholg`ulari bo`limi o`qituvchisi

Razikova Fotima Bafoevna - Buxoro viloyat bolalar uyi bosh tarbiyachisi

Raxmatullaev O`ktam G`ulomovich - Bo`ka tumanidagi 19-bolalar musiqa va san`at maktabi direktori, Toshkent viloyati

Tulaeva Oyim Turaevna - O`zbekiston orkestrlari birlashmasi Respublikada xizmat ko`rsatgan xor jamoasi artisti

Fazlutov Zamir Yamilevich - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti

Xodjaev Ablat - O`zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining etakchi ilmiy xodimi

Shaybakova Liliya Vadimovna - Yoshlar simfonik orkestri artisti

Shodiev Muzafar Yuldoshovich - “O`zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati kinorejissyori

Eshniyozov Jo`rabek Jabborovich - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test sinovlarining kompyuter tahlili va axborotlashtirish boshqarmasi boshlig`i

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1