1

Jahon banki prezidenti davlatimiz rahbariga minnatdorlik maktubini yo`lladi

Siyosat 29.08.2018, 10:17
Jahon banki prezidenti davlatimiz rahbariga minnatdorlik maktubini yo`lladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizga Jahon banki va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida o`zaro ishonchga asoslangan muloqot va konstruktiv sheriklik yo`lga qo`yilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Sizning shu yil may oyida Vashingtonga qilgan tashrifingiz davomida bo`lib o`tgan samarali uchrashuvdan buyon o`tgan davrda biz o`zaro hamkorlikning ko`plab yo`nalishlari bo`yicha sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdik.

Jahon banki guruhi ekspertlari O`zbekiston hukumatiga eng muhim masalalar, jumladan energetika tarmog`ini isloh qilish, soliq va savdo siyosatini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, maktabgacha ta`limni rivojlantirish, Iqtisodiy kengashni tashkil etish va boshqa sohalar bo`yicha ko`maklashish maqsadida mamlakatingizga muntazam ravishda tashrif buyurmoqda.

Yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda va umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8 ta qo`shimcha loyiha tayyorlanmoqda. Bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan «Obod qishloq» dasturini qo`llab-quvvatlashni ham o`z ichiga oladi.

Men O`zbekistonda amalga oshirilayotgan o`zgarishlarning sur`ati, miqyosi va ko`lamidan hanuz chuqur hayratdaman. Sizga O`zbekiston inson kapitalini rivojlantirish bo`yicha loyihamizning dastlabki bosqichlarida ishtirok etayotgani uchun ham samimiy minnatdorlik bildiraman. Siz ham mazkur yo`nalishdagi etakchi davlat rahbari sifatida bizning bu boradagi sa`y-harakatlarimizga shaxsan qo`shilasiz, deb umid qilaman.

O`zbekistonga tashrif bilan kelish haqidagi taklifingiz uchun Sizdan minnatdorman hamda yaqin fursatda mamlakatingizda bo`lishdan umidvorman.

Hurmat bilan,

Jim Yong Kim,
Jahon banki prezidenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1