AsosiySiyosat

Prezident Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi bilan tanishdi

'Prezident Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi bilan tanishdi 'ning rasmi

Yirik sanoat korxonalari mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlashda muhim o`rin tutadi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan Toshkent metallurgiya zavodi shulardan biri.

Prezident Shavkat Mirziyoev 29 avgust kuni ushbu korxona qurilishi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining veb-sayti.

Loyiha qiymati 286,7 million evrolik mazkur korxonaga Italiya, Germaniya, Avstriya, Rossiya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan ilg`or va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Bu erda avtomobil kuzovlari va maishiy texnika uchun metall listlar, metall cherepisalar, profnastil va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. To`liq quvvatda tushirilgach, korxonada yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi, 700 ga yaqin ish o`rni yaratiladi.

Prezidentimiz 2017 yil fevral oyida ushbu korxona qurilishi loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli ko`rsatmalar bergan edi. O`tgan vaqt mobaynida bu erda keng ko`lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zavod binosi konstruksiyasi qurib bitkazildi.

Shavkat Mirziyoev qurilishning borishi bilan tanishdi. Zavodning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o`rniga to`xtalib, bu erda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida e`tibor qaratish lozimligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar