1

Misr Prezidenti rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keladi

Siyosat 03.09.2018, 09:12
Misr Prezidenti rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 2018 yil 4-5 sentyabr kunlari Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn as-Sisi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`ladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlarda O`zbekiston-Misr hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlarini muhokama qilish hamda mintaqaviy va hududiy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi, O`zbekiston va Misr o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, ta`lim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1