1

Misr Prezidenti Toshkentga keldi

Siyosat 05.09.2018, 08:21
Misr Prezidenti Toshkentga keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 4 sentyabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy maratabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoev kutib oldi.

O`zbekiston va Misr Prezidentlarining asosiy muzokaralari ertaga Ko`ksaroyda bo`lib o`tadi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, ta`lim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralar yakuni bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti va qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1