1

Toshkentda O`zbekiston-Misr biznes forumi o`tkaziladi

Iqtisodiyot 05.09.2018, 09:01
Toshkentda O`zbekiston-Misr biznes forumi o`tkaziladi

Misr prezidenti Abdul Fattoh Said Husayn Halil As-Sisiyning O`zbekistonga tashrifi doirasida 5 sentyabr kuni Toshkent shahrida B2B formatidagi O`zbekiston-Misr biznes forumi va kooperasion birja tashkil qilinadi.

Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston va Misr ishchi doira va korxonalari hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishadi hamda taqdimotlar o`tkazishadi.

Tadbirlar yakunlari bo`yicha turizm, farmasevtika, elektrotexnika va boshqa yo`nalishlarda o`zaro manfaatli investisin va savdo kelishuvlarini imzolash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, biznes-forum doirasida O`zbekistonda meva va sabzavotlar logistik xabini yaratish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1