1

O`zbekiston va Misr hamkorligiga oid o`n ikkita hujjat imzolandi

Siyosat 05.09.2018, 14:51
O`zbekiston va Misr hamkorligiga oid o`n ikkita hujjat imzolandi

Ko`ksaroyda o`tgan muzokaralar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining Qo`shma bayonoti qabul qilindi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Ikki mamlakat hukumat va vazirliklari o`rtasida turizm, investisiya, soliq, adliya, qishloq xo`jaligi, madaniy meros va sport sohalari, tashqi ishlar va yoshlar masalalari bo`yicha 12 ta hujjat imzolandi.

Prezidentlar bo`lib o`tgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlardan mamnunligini, O`zbekiston bilan Misr munosabatlarida yangi bosqich boshlanganini ta`kidladi.

“Abdulfattoh as-Sisi janoblarining O`zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Ochiq, do`stona va amaliy ruhda o`tgan muzokaralarimiz barcha masalalar yuzasidan yondashuv va qarashlarimiz o`xshashligini ko`rsatdi. Ishonchim komilki, bugungi kelishuvlar O`zbekiston bilan Misr o`rtasidagi munosabatlarni sifat va mohiyat jihatidan boyitib, o`zaro manfaatli hamkorligimizni yangi, yuqori bosqichga ko`tarishga xizmat qiladi”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Misr Prezidenti O`zbekiston bilan hamkorlikning barcha sohalari bo`yicha kelishib olganini, bu kelishuvlar kelgusi tashriflarga debocha va ulkan natijalarga poydevor bo`lishini ta`kidladi.

Abdulfattoh as-Sisining mamlakatimizga rasmiy tashrifi bugun yakunlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1