1

Shavkat Mirziyoev "Afrosiyob"da Shahrisabzga yo`l oldi

Siyosat 06.09.2018, 17:55
Shavkat Mirziyoev "Afrosiyob"da Shahrisabzga yo`l oldi

Shavkat Mirziyoev Qarshi shahriga etib kelib, “Afrosiyob” tezyurar poezdida Shahrisabzga yo`l oldi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 6—10 sentyabr kunlari Xalqaro maqom festivali bo`lib o`tadi. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun Shahrisabzda Xalqaro maqom festivali ochilish marosimida ishtirok etib, festivalni ochib beradi.

Maqom festivali aynan Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan o`tkazilmoqda. Shu maqsadda Amir Temur haykali o`rnatilgan Oqsaroy maydoni hududida har bir viloyatning o`ziga xos milliy urf-odat va an`nalari, tarixiy obidalarini aks ettiruvchi namunalar o`rnatilgan. Bu erda turli sahna ko`rinishlari, milliy kuy-qo`shiqlar, yallayu laparlar ijro etilmoqda.

Xalqaro maqom san`ati anjumanida 75 davlatdan 300 dan ortiq san`atkorlar ishtirok etish istagini bildirgan. Mahalliy elektron va bosma OAV vakillaridan tashqari ko`plab chet el ommaviy axborot vositalari xodimlari mazkur anjumanni yoritish uchun ro`yxatdan o`tgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1