1

Aripov va Medvedev O`zbekistonda AES qurish haqidagi kelishuvni imzoladi

Siyosat 08.09.2018, 19:13
Aripov va Medvedev O`zbekistonda AES qurish haqidagi kelishuvni imzoladi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev O`zbekistonda tinch maqsadlarda foydalanish uchun atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik qilish bo`yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar bermoqda.

Kelishuvni imzolash marosimi Rossiya va O`zbekistonning iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyasi majlisi yakunlari bo`yicha Rossiya hukumati Qabullar uyida bo`lib o`tdi.

Kelishuv O`zbekiston hududida atom elektr stansiyasini loyihalashtirish va qurish, shuningdek, ishga tushirish va foydalanishda hamkorlikni ko`zda tutadi. Atom elektr stansiyasi Rossiya loyihasi bo`yicha energetik reaktor asosidagi har birining quvvati 1,2 GVt bo`lgan ikki energoblokdan iborat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1