1

“O`zbekgidroenergo” va “BelAZ” hamkorlik memorandumi tuzdi

Iqtisodiyot 13.09.2018, 11:54
“O`zbekgidroenergo” va “BelAZ” hamkorlik memorandumi tuzdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Ana shu tashrif doirasida yurtimizga kelgan Belarus mamlakatining yirik avtomobil zavodi “BelAZ” ochiq aksiyadorlik jamiyati rahbari Parxomchik Petr Aleksandrovich boshchiligidagi delegasiya a`zolari “O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdug`ani Sanginov bilan uchrashdi.

Do`stona, samimiy ruhda o`tgan muloqot davomida o`zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar almashildi. Uchrashuvda hududlarda qurilayotgan GESlar hamda Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida barpo etilayotgan yirik “Pskem” GESining qurilishi uchun zarur bo`lgan 42-45 tonnani tashkil etuvchi og`ir karer samosvali ya`ni BelAZ-7547 rusumli avtosamosvallarni xarid qilish va etkazib berish borasida kelishib olindi.

Qayd etish joizki, 1948 yilda o`z faoliyatini boshlangan “BelAZ” qurilish sohasida zarur bo`lgan yirik texnika vositalarini ishlab chiqaruvchi etakchi avtomobil zavodi hisoblanadi.

Bugungi kunga zavodda ishlab chiqarilayotgan texnikalar qurilish sohasining turli yo`nalishlarida keng qo`llanilmoqda. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatimizda “BelAZ”ning 700 dan ortiq turli rusumdagi avtosamosvallaridan foydalanilmoqda.

Dunyoga mashhur avtomabil zavodi “O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining doimiy hamkori hisoblanadi. Mazkur zavodda ishlab chiqarilgan avtosamosvallar yordamida jadallik bilan qurilish ishlari olib borilayotgan mini, kichik, o`rta va yirik gidroelektrostansiyalar qurilmoqda.

Uchrashuv so`nggida “O`zbekgidroenergo” va “BelAZ” o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1