1

Prezidentlar ko`rgazmaga tashrif buyurdi

Siyosat 13.09.2018, 19:15
Prezidentlar ko`rgazmaga tashrif buyurdi

«O`zekspomarkaz»da Belarus Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko`rgazmasi ochildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko ushbu ko`rgazmaga tashrif buyurdi.

Ko`rgazmada 150 dan ortiq korxona o`z mahsulot va xizmatlari bilan qatnashmoqda. Ular Belarusning qishloq xo`jaligi mashinasozligi, metallurgiya, kimyo sanoati, maishiy texnika, oziq-ovqat, to`qimachilik, tibbiyot, ta`lim va boshqa sohalardagi yutuqlarini namoyish etmoqda.

Aleksandr Lukashenko Prezidentimizga mazkur sohalardagi imkoniyatlar, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida so`zlab berdi.

Shavkat Mirziyoev belaruslik ishbilarmonlar bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga savdo aloqalarini kengaytirish, sanoat korxonalari va hududlar o`rtasida kooperasiyani rivojlantirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Davlat rahbarlari yuqori texnologiyalar sohasida, jumladan, ikki mamlakatning innovasion markazlari va texnoparklari o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xaridorgir tovarlarni birgalikda ishlab chiqarish muhimligini ta`kidladi.

Pavilonlardan birida mamlakatimiz meva-sabzavotlari va qayta ishlangan oziq-ovqat tovarlari namoyish qilindi. Ularning tabiiyligi, mazali va sifatliligi belaruslik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi, ishbilarmonlarda hamkorlik istagini uyg`otdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1