1

«Amkodor-Agrotexmash» qo`shma korxonasi rasman ochildi

Siyosat 13.09.2018, 20:48
«Amkodor-Agrotexmash» qo`shma korxonasi rasman ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xo`jaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan «Amkodor-Agrotexmash» qo`shma korxonasini ochdi. Bu haqda Prizedent matbuot xizmati xabar berdi.

Umumiy qiymati 33 million dollar bo`lgan mazkur loyiha 2018-2021 yillarga mo`ljallangan. Bugun rasman ishga tushgan birinchi bosqichda qurilish va qishloq xo`jaligida foydalaniladigan 12 turdagi ekskovatorlar ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi 2019 yilda 22 foizga, 2021 yilda kamida 50 foizga etkaziladi.

Davlatimiz rahbari mahsulot turlarini ko`paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish zarurligini ta`kidladi. O`zbekiston qishloq xo`jaligi texnikalarini mintaqamizdagi mamlakatlarga etkazib berish uchun qulayligini qayd etdi.

Shu erda qo`shma korxonada ishlab chiqarilgan dastlabki ekskovatorlar namoyish etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1