1

Qirg`iziston prezidenti Usmonxon Alimovni qabul qildi

Siyosat 16.09.2018, 17:58
Qirg`iziston prezidenti Usmonxon Alimovni qabul qildi

Qirg`iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov poytaxt Bishkekda o`tkazilgan «Ma`naviy ipak yo`li. Buyuk insoniy an`analar va zamonaviy tahdidlar» deb nomlangan konferensiya ishtirokchilari bilan uchrashdi.

O`MI Matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda O`zbekiston muftiysidan tashqari Qirg`iziston, Qozog`iston, Xitoy, Litva, Rossiya, Tojikiston va Estoniya muftiylari qatnashgan.

Sooronbay Jeenbekov uchinchi bor tashkil etilgan xalqaro anjuman dindorlar o`rtasida hamjihatlikni mustahkamlanishiga va insonlar o`rtasida toqatlilikni yoyishga yordam berishiga umid bildirdi.

Diniy etakchilar, din bo`yicha olimlar va ekspertlar ishtirokida xalqaro anjumanning tashkil etilishi ham davlat organlari, ham diniy tashkilotlar uchun foydali ekani ta`kidlandi.

Uchrashuvda «Ma`naviy ipak yo`li» konferensiyasining navbatdagisi 2019 yili Qozog`istonda bo`lib o`tishi ma`lum qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1