1

O`zbekistonlik sambochilar birinchi kuni 3 ta medalni qo`lga kiritishdi

Sport 10.10.2014, 14:35
O`zbekistonlik sambochilar birinchi kuni 3 ta medalni qo`lga kiritishdi

Janubiy Koreyaning Seul shahrida yoshlar va ayollar o`rtasida sambo bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tmoqda. Ushbu musobaqada mamlakatimiz sportchilari ham ishtirok etyapti.

uz24.uz nashrining yozishicha, musobaqaning birinchi kuniyoq o`zbekistonlik sambochilar 3 ta medalni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lishdi.

Qizlar o`rtasida 40 kg og`irlik kategoriyasida hamyurtimiz Jahonoy Tursunova hal qiluvchi kurashda bolgariyalik Svetelina Svetaevaga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibasiga aylandi.

Shuningdek, yoshlar o`rtasida 48 kg og`irlikda Shahzod Tagiev yana bir kumush medalga munosib deb topildi. U qirg`izistonlik raqibi Tilek Amanqulovdan mag`lubiyatga uchradi. O`zbekiston terma jamoasi medallar sonini Matluba Abdumutalova o`zining bronza medali bilan yana bittaga boyitdi.

Musobaqalar 11 oktyabrgacha davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1