Gollivudning yirik ovoz rejissyori o`zbek filmida ishlayapti

Madaniyat 18.09.2018, 12:15
 Gollivudning yirik ovoz rejissyori  o`zbek filmida ishlayapti

Rossiyaning Dolby Atmos ovoz yozish studiyasida okean ortidan kelgan mehmon, amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua faoliyat yuritmoqda.

Uning filmografiyasidagi «Everestdan chang`ida tushgan odam” (“Chelovek, kotory spustilsya na ljax s Everesta”) nomli hujjatli film o`z vaqtida “Oskar”ga munosib ko`rilgan. Geri jahonga mashhur “Bornning ustunligi” (“Prevosxodstvo Borna”),“Ilk qasoskor” (“Pervy mstitel”), “Charli farishtalari” (“Angel Charli”), “Fantastik to`rtlik” (“Fantasticheskaya chetverka”) kabi yuzlab filmlarda ham faoliyat yuritgan.

Gollivudning eng mashhur ovoz rejissyorlaridan bo`lgan Geri ayni kunlarda yurtimizda ancha shov-shuvga sabab bo`lgan “SCORPION” filmida ham ishlayapti. E`tiborli tomoni shundaki, Geri bilan Rossiyaning “Mosfilm” kinostudiyasi eksklyuziv suhbat uyushtirib, uni o`z nashrlari va veb-saytida e`lon qilgan. Unda jumladan shunday deyiladi:

— Hozirgi kunda qaysi loyiha ustida ish olib boryapsiz?

— Meni o`zbekistonlik yosh rejissyor Muxlisa Azizova hamda prodyuser Oybek Abdushukurovlar suratga olgan “SCORPION” filmiga taklif etishdi. Bu sarguzasht jangari film bo`lib, Ivan Buryaev unga ajoyib musiqa yozgan. Rossiyalik ovoz rejissyorlari Aleksey Sinisn va Dmitriy Klimanovlar meni ham ushbu loyihaga taklif etishganda, rozi bo`ldim. “SCORPION” loyihasida men dialoglar va musiqaga javob beraman. Dmitriy Kliminov va Aleksey Sinisn esa ovoz effektlari hosil qilish vashovqinlarga mas`ul. Kartinada qurol-yarog`dan ko`p foydalaniladi masalan, zambaraklar, qilichlar. Rossiyalik hamkasblarimga qoyil qolish kerak, ular qurol-yaroqlarga yaxshi ovoz berishgan.

— 15 yoshimdan boshlab klublarda baraban chalardim. Bir umr musiqa industriyasi ichida bo`lganman desam ham bo`ladi. Kinoga 19 yoshimda kirib kelganman. Bu ikki sohani muvaffaqiyatli birlashtira olaman. Tajribam sabab yaxshi musiqasi bor filmlarga doim meni taklif qilishgan va men takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilganman.

— Karerangiz boshida faoliyat yuritgan “Everestdan chang`ida tushgan odam” nomli hujjatli filmingiz “Oskar”ga munosib ko`rilganda nimalarni his qilgandingiz?

— Bunga ancha bo`lgan, u paytlar yosh edim. Loyihada menga behad erkinlik berishdi, bu esa o`z navbatida katta mas`uliyat degani. Barcha shovqin tovushlarni biz o`zimiz yaratgandik, asosiysi, bu tovushlar tabiiy chiqishi kerak edi. Masalan, filmda qorni yalangoyoq bosib yurganda g`ichirlagan tovush kerak edi. Qorning tabiiy g`ichirlagan ovozini chiqarish uchun o`zim qorda oyoqyalang yurib, ovozni mikrofon orqali yozib olganman. Bu taassurotlar unutilmas. Yana filmda Tibet xalq musiqa asboblaridan foydalanilgan. Biz bu ovozni yozish uchun Everest bo`yida yashaydigan sherp (Sharqiy Nepalda yashovchi elat)larni taklif etganmiz. O`sha jamoa bilan butun umrga do`st bo`lib qoldik. Darvoqe, biz film qahramoni, 1970 yilda Everestdan chang`ida tushgan yaponiyalik Yuichiro Miuro ham uchrashganmiz. “Oskar” bilan taqdirlanamiz deb o`ylamagandik, hatto eng yaxshi hujjatli filmni suratga oldik debgan fikr xayolimizga ham kelmagandi. “Oskar” biz uchun kutilmagan tuhfa bo`ldi. Hamon u bilan faxlanamiz.

— Qaysi davlatlarda ishlagansiz?

— Dunyoning turli shaharlarida, Vankuver, Torontodan tortib Los-Anjelesgacha, Bogotodan tortib Evropaning ko`plab shaharlarida ishlaganman. Hatto Bolgariyaning va man yaqinda O`zbekistonning loyihasida ham ishladim.

— Siz ovoz rejissyorligi karerangizni musiqa industriyasida boshlagansiz, Bob Dilan, Jenis Joplin kabi mashhurlar bilan hamkorlik qilgansiz. Musiqadan kinoga o`tishingizga sabab nima?

Eslatib o`tamiz, “SCORPION” filmi O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olindi. “SCORPION”da bugungi kunning dolzarb muammosi – xalqaro jinoyatchilik mavzusiga yoshlar nigohi bilan qaralgan. Filmning premerasi haqida qo`shimcha axborot beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1