1

Abdulaziz Komilov AQSh delegasiyasi bilan uchrashdi

Siyosat 19.09.2018, 15:50
Abdulaziz Komilov AQSh delegasiyasi bilan uchrashdi

Bugun, 19 sentyabr kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQShning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo`mondoni general Jenson Boyles boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Delegasiya tarkibida AQSh Kongressi Vakillar palatasining Missisipi shtatidan a`zosi, shtat Milliy gvardiyasi generali Trent Kelli ham mamlakatimizga kelgan.

TIVda bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston-AQSh aloqalarining mustahkamlanishi doirasida O`zbekiston va Missisipi shtati o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashning ba`zi masalalari muhokama qilindi.

General Jenson Boyles Toshkentda bo`lib o`tgan uchrashuvlar to`g`risida so`zlar ekan, ular Missisipi shtati Milliy gvardiyasi va O`zbekistonning tegishli tuzilmalari o`rtasidagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashish imkonini berganligini qayd etdi.

Muzokaralarda O`zbekiston-AQSh muloqotidagi ijobiy o`zgarishni mustahkamlash va rivojlantirish, unga ko`p qirrali va uzoq muddatli tus berishdan tomonlar manfaatdorligi ta`kidlandi.

Uchrashuvda missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisi Pamela Spratlen ham ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1