1

Apple brendi bir yilda 20 mlrd dollarga oshdi

Hi-tech 10.10.2014, 16:32
Apple brendi bir yilda 20 mlrd dollarga oshdi

Dunyodagi eng qimmat brendlar reytingini yana Apple korporasiyasi boshqarib bormoqda.

Interbrand konsalting kompaniyasi ekspertlari bahosiga ko`ra iPhone, iPod va MacBook ishlab chiqaruvchilari brendlari 2013 yil bilan taqqoslaganda 21 foizga yoki 20 mlrd. dollardan ko`proqqa ortgan. Ayni paytda Apple brendi 118 mlrd 863 mln dollarga baholanmoqda. Ikkinchi o`rinda xuddi bir yil avvalgi kabi Google. Uning qiymati bir yilda 15 foizga ortib, bugungi kundagi narxi 107.4 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Coca-Cola kompaniyasi bundan ikki yil avval birinchilikni qo`lga kiritgan edi. Bu yil esa uning narxi 3 foizga ortib, 51.563 mlrd. dollar deb baholandi. Eng qimmat brendlar top-10ligiga IBM (72,244 mlrd, -8%), Microsoft (61,154 mlrd, +3%), General Electric (45,48 mlrd, -3%), Samsung (45,462 mlrd, +15%), Toyota (42,392 mlrd, +20%), McDonald's (42,254 mlrd, +1%) va Mercedes-Benz (34,338 mlrd, +8%)lar kiritildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1