1

Rus xalq raqslarida do`stlik tarannumi

Madaniyat 20.09.2018, 12:07
Rus xalq raqslarida do`stlik tarannumi

Joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari Toshkentdagi “O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Igor Moiseev nomidagi Rossiya davlat akademik xalq raqs ansamblining konserti bo`lib o`tadi...

Konsert dasturi jahon va Rossiya xalqlarining rang-barang va o`ziga xos raqslaridan iborat.

Igor Moiseev raqslari konsertlariga tashrif buyuruvchilar “Xalqlar do`stligi” ordeni bilan taqdirlangan mashhur jamoa tomonidan namoyish etiladigan Yunoniston, Argentina, Tatariston, Rossiya, Moldova, Koreya va boshqa mamlakatlarning raqs madaniyati namunalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Tadbir Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O`zbekistonga davlat tashrifi arafasida bo`lib o`tadi.

Toshkentda afsonaviy ansamblning chiqishlari O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi madaniy muloqotni rivojlantirishga, ikki mamlakat xalqlarining yanada yaqinlashuviga yordam beradi.

Igor Moiseev nomidagi Rossiya davlat akademik xalq raqs ansambli maxsus ta`lim muassasalari o`quvchilarini taklif etgan holda xayriya konsert dasturini namoyish qiladi.

Dunyoga mashhur professional xalq raqsi ansambli 1937 yilda xoreograf Igor Moiseev tomonidan tashkil etilgan. Ansambl tomonidan namoyish etiladigan har bir raqs butun bir spektaklga o`xshash. Jamoaning safarlar xaritasida 70 dan ortiq davlat bo`lib, repertuarda esa 200 dan ziyod raqslar.

Raqslar, murakkab akrobatik elementlar, klassik balet va milliy raqslarni birlashtirib turish qobiliyati ansamblning Rossiya milliy merosi degan faxrli unvonga munosib ekanligining isbotidir.

Konsert tashkilotchilari – “Gazprombank”, “O`zbekneftgaz” AJ, “EriellGroup” neft-xizmat ko`rsatish kompaniyasi.

Tadbirning axborot hamkorlari - O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, Sevimli-TV”, Zo`r-TV, MY5 telekanali, Darakchi NU, Uzbekistan Today AA.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1