1

«Nukus. Noma`lum kolleksiya» taqdimoti bo`lib o`tdi

Madaniyat 20.09.2018, 15:17
«Nukus. Noma`lum kolleksiya» taqdimoti bo`lib o`tdi

«Sevimli» telekanalida O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi ko`magida “Rossiya-Kultura” telekanali va O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida suratga olingan «Nukus. Noma`lum kolleksiya» filmining taqdimoti bo`lib o`tdi...

40 daqiqali hujjatli film Nuksdagi Saviskiy nomli muzeyning 100 mingga yaqin eskponatdan iborat noyob to`plamlari haqida hikoya qiladi. To`plamning eng qiziqarli qismi – avangard san`ati, shu jumladan, “turkiston” va sobiq avangard deb ataluvchi, dunyoda tan olingan, ammo SSSRda e`tirof etilmagan sovet rassomlarining ishidir. Ular orasida o`zbek maktabining ustalari O`rol Tansiqboev, Viktor Ufimsev, Aleksandr Volkov, etuk ustalari Robert Falk, Lyubov Popova, Kliment Redko va boshqalar bor. Mazkur noyob kolleksiyaning sezilarli qismi ushbu muzey fondlarida mavjud bo`lib, ko`plar uni ko`rishni orzu qiladi.Uzoq yillar mobaynida bu kartinalar muzey zahiralarida saqlangan, keng jamoatchilik uchun ochiq bo`lmagan.

Muzeyning yangi zahiralariga Madaniyat vazirligi va Elektron ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlash milliy assosiasiyasi qo`magida “Rossiya-Kultura” telekanali suratga olish guruhi birinchi bo`lib kirishga muvaffaq bo`ldi.

Tomoshabinlar bugun nafaqat O`zbekistonni, balki butun dunyoni to`lqinlantirayotgan ko`plab savollarga javob topishadi.

Filmda Nukusdagi I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyining sobiq direktori Mariniki Bobonazarova, shu muzeyning amaldagi direktori Gulbahor Izentaeva, san`atshunoslar Jon Bolt, Andrey Sarabyanov, Svetlana Gorshenina, rassom Irina Korovay, xalq rassomi Akmal Nur va boshqa ko`plab ijodkorlarning intervyulari taqdim etilgan.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan Nukusdagi Igor Saviskiy nomidagi muzey eskpozisiyasining Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san`at muzeyidagi keng miqyosli namoyishidan keyin filmni olish imkoni tug`ildi. Markaziy Osiyoning xazinasi deb ataladigan noyob kolleksiyada ikkiyuzdan ziyod eksponat – rus va turkiston avangardining durdonalari, san`at va hunarmandchilik san`ati va arxeologik artefaktlar, Saviskiyning afsonaviy to`plamlaridagi, bunday miqyosda hech qaerda taqdim etilmagan eng yorqin va ahamiyatli asarlari mavjud. Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san`at muzeyi direktori Marina Loshak o`z intervyusida ta`kidlaganidek: «Bu judayam o`ziga xos san`at. Bu erga keladigan kishi ranglardan, shakldan, biz ko`rishimiz mumkin bo`lgan o`ziga xosliklardan hayratga tushadi. U yaxshisi Qoraqalpog`istonga borib, Nukus muzeyiga tashrif buyurishni, u erda taqdim etilgan barcha xilma-xil asarlarni o`z ko`zi bilan ko`rishni orzu qilishga majbur etadi.

Filmning “Rossiya-Kultura” telekanalidagi filmining namoyishi 23 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan 12.30 da namoyish etiladi.

Film rejisseri Oleg Soldatenkov, ssenariy muallifi Elvira Mogilevskaya. O`zining “O`zbekiston qumliklar marvaridi”, “O`zbekiston. Obreteniya otkroveniya” va boshqa ishlari bilan mashhur O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxalikov film prodyuseri hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1